Futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin vafot etdi

Sport

image

Rossiyalik sport jurnalisti va futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin 52 yoshida vafot etdi. Bu haqda prezidenti Vasiliy Utkin bo‘lgan "Egrisi" havaskor futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun, 19 mart kuni tushdan keyin Vasiliy Utkin Moskvadagi Birinchi shahar shifoxonasining kardiologiya bo‘limiga olib ketildi. 

“Ushbu postni yozish bizni juda qiynadi. Lekin bu haqiqat. Vasiliy endi biz bilan emas”, - deyiladi “Egrisi” xabarida. 

“Baza” va “Mash” Telegram kanallari jurnalistning o‘limining dastlabki sababi o‘pka emboliyasi ekanini yozdi.

Ma’lumot uchun, Vasiliy Utkin 1972 yil 6 martda tug‘ilgan. U 1990 yillarning o‘rtalarida "Futbol klubi" teleko‘rsatuvining boshlovchisi va NTV telekanalida futbol sharhlovchisi sifatida shuhrat qozongan. 2010-2015 yillarda NTV-Plyus sport kanallarining bosh muharriri bo‘lib ishlagan. 2004 va 2005 yillarda "Eng yaxshi sport sharhlovchisi" nominatsiyasida TEFI mukofoti sovrindori bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vasiliy Utkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing