Vasyaning qilgan ishi shunchaki futboldan ham ko‘proq – Yuriy Dud Vasiliy Utkin haqida

Sport

image

Rossiyalik jurnalist Yuriy Dud sport sharhlovchisi Vasiliy Utkin xotirasiga bag‘ishlangan postini e’lon qildi.

Dud o‘z postida NTV telekanalida 1994 yildan beri namoyish etilayotgan "Futbol klubi" dasturi tarixini eslab, 2017 yilda unga bag‘ishlangan materialdan parchalarni keltirib o‘tadi.

“Unga nazar tashlaydigan bo‘lsak, deyarli hamma u qanday qilib sport mediasi kasbini qayta kashf etgani haqida yozadi. Bu haqiqat, lekin bu faqat futbolni sevuvchilarga tushunarli. Futbolga vaqti-vaqti bilan qiziqqanlar uchun, menimcha, batafsilroq tushuntirish kerak. Chunki Vasyaning qilgan ishi shunchaki futboldan ko‘ra ko‘proq”, deya qayd etgan Dud.

Utkinning sherigi Dmitriy Fyodorovning yozishicha, 1994 yil oxiriga kelib ular o‘zlari uchun "Futbol klubi" futbol haqidagi dastur emas, bu erkin odamlar tomonidan yaratilgan erkinlik va erkin odamlar haqidagi dasturdir deb o‘zlari uchun uni shakllantirishgan.

Fyodorovning so‘zlariga ko‘ra, Utkin sportni saylovlar va siyosiy hayotning boshqa hodisalari kabi mashhur qilishni xohlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik mashhur sport jurnalisti va futbol sharhlovchisi Vasiliy Utkin 52 yoshida vafot etgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vasiliy Utkin Yuriy Dud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing