XOQ neytral sportchilarga cheklovlar joriy qildi

Sport

image

Neytral bayroqlar ko‘targan sportchilar Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashmaydi. Bu haqda tashkilot o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Ijroiya kengashida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Olimpiadada neytral bayroq ostida ishtirok etishga ruxsat berilgan sportchilar ochilish marosimiga kelmasligiga qaror qilindi. Bundan tashqari, XOQ sportchilarni betaraflik mezonlariga muvofiqligini yakka tartibda tekshiradigan komissiya tuzishni ma’qulladi. 

Shuningdek, agar neytral sportchilar musobaqa medallarini qo‘lga kiritsa, bu medallar Olimpiada hisobiga olinmaydi.

Qayd etish joiz, hozirda rossiyalik sportchilarning Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi borasida ko‘plab bahs-munozaralar yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yakunda ularga musobaqada qatnashish uchun ruxsat berildi, biroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Jon Kouts atigi 40 nafar sportchi qatnasha olishini aytdi.

Ayni paytda rossiyalik 12 sportchi Parij-2024 Olimpiada yo‘llanmasiga ega. Shuningdek, 19 mart kuni rossiyalik bokschilarning Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmasligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

XOQ neytral sportchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing