MAK Gruziyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yadi

Jamiyat

b-757_1

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Gruziyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi. 

MAK joriy yilning 16 iyuldan boshlab, Toshkent-Tbilisi-Toshkent yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlarini taqdim etadi.

Qatnovlar haftasiga 2 marta, seshanba va juma kunlari quyidagi jadvalga asosan bajariladi (mahalliy vaqt):

Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 - Tbilisi 18:30

Seshanba: HY-746 Tbilisi 19:30 - Toshkent 23:50

Juma: HY-745 Toshkent 08:00 - Tbilisi 10:40

Juma: HY-746 Tbilisi 11:40 - Toshkent 16:00

Parvozlar zamonaviy Airbus 320 samolyotlarida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya MAK Tbilisi

Baholaganlar

12

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing