Marg‘ilonda dahshatli YTH oqibatida haydovchi halok bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Hodisa kecha, 19 aprel kuni Marg‘ilon shahar N.Xolmatova ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi M.T. o‘z boshqaruvidagi Volkswagen rusumli avtomashinasini haydab borayotib, 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Spark avtomashinasi haydovchisi M.M. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 15 aprel kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi "Oqtom" mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona Marg'ulon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing