Oliveyra muxlislaridan uzr so‘radi

Sport

image

Avvalroq, braziliyalik UFC jangchisi Charlz Oliveyra rossiyalik Islom Maxachevga qarshi jarohati sabab jang qila olmasligi xabar qilingandi.

Charlz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali jangda qatnasha olmayotgani uchun muxlislaridan uzr so‘rab, bundan afsusda ekanini bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Maxachevga qarshi jangga roppa-rosa 10 kun qolganida Oliveyra qoshidan jiddiy jarohat olgan. Oqibatda shifokorlar sportchiga jang qilishga ruxsat bermagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda haqiqatdan ham Oliveyrada chuqur jarohat borligini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA poytaxti Abu-Dabida o‘tkaziladigan UFC 294 musobaqasida Islom Maxachevga kim raqiblik qilishi xabar qilingandi. Turnir janglari “Etihad Arena” sport kompleksida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Charl'z Oliveyra Islom Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made