Sarukyanning UFC'dagi oxirgi jangidan qancha foyda ko‘rgani aniq bo‘ldi

Sport

image

Ultimate Fighting Championship'ning (UFC) rossiyalik jangchisi Arman Sarukyan braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi jangdan 300 ming dollar ishlab oldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Oliveyraga qarshi jang Armanning yangi shartnomasi bo‘yicha ikkinchi to‘qnashuvi bo‘lgan va u bahsdan 300 ming dollar foyda ko‘rgan.

27 yoshli Arman Sarukyan UFC 300'da 34 yoshli Oliveyrani hakamlar qaroriga ko‘ra 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Sarukyan shu vaqtga qadar MMA'da 25 ta jang o‘tkazib 22 marta g‘alaba qozongan va 3 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir rossiyalik UFC jangchisi Islom Maxachevning amerikalik Dastin Porega qarshi jangi tashkilot tomonidan tasdiqlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Charl'z Oliveyra Arman Tsarukyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing