Shohasan Mirzamatovning yangi jangi sanasi va raqibi e’lon qilindi

Sport

image

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Shohasan Mirzamatov navbatdagi jangini 19 aprel kuni o‘tkazadi. Bu haqda Mirzamatov jang qiladigan liga matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli MMA ustasiga o‘sha kuni Octagon 57 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi. Unga ozarbayjonlik Emin Sharifov raqiblik qiladi.

Qayd etish joiz, Mirzamatov oxirgi jangini Octagon 51 turniri doirasida braziliyalik Nilson Gomesga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval zafar quchgandi. U Octagon 54 turniri doirasida qozog‘istonlik Georgiy Kichigin bilan kamar uchun jang qilishi kerak edi, biroq jarohati sabab Kichiginga qarshi jang bekor qilingandi.

29 yoshli Sharifov shu vaqtga qadar MMA'da 6 ta jang o‘tkazib, 5 tasida g‘alaba qozongan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Mirzamatov esa 14 ta to‘qnashuvda qatnashib, 11 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 3 ta bahsda esa mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Shohasan Mirzamatov Emin Sharifov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing