Televizorga aylanadigan stol taqdim etildi (video)

Texnologiya

image

Xitoyning Yummy Technology startapi qiziqarli dizayni, aylanuvchi 4K sensorli ekrani va Android operatsion tizimiga ega NXTABL aqlli kofe stolini taqdim etdi. Bu haqda “Iguides” nashri xabar berdi. 

Gap shundaki, 4K piksellar soniga va 60 Gts yangilanish tezligiga ega 43 dyuymli LCD displey bilan jihozlangan qurilma kofe stoli dizayniga ega. Shu sababli foydalanuvchilar ovqatlanib bo‘lgan idishlarni olishi va stolini televizorga aylantirishi mumkin.

Shuningdek, aqlli stol 8 Gb tezkor va 128 Gb ichki xotiraga ega. U HDMI, USB-C, USB-A portlari, Wi-Fi 6 va Bluetooth 5.0 ni qo‘llab-quvvatlaydi. O‘rnatilgan Android operatsion tizimi bilan foydalanuvchilar sevimli ilovalarini osongina yuklab olishi mumkin.

Hozircha startapning boshlang‘ich narxi 799 dollarni tashkil etadi, ammo chiqarilgandan keyin stol 1 ming 499 dollar, deb baholanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokioda joylashgan Tsubame Industies startapi "Archax" nomli mashinaga aylana oladigan ulkan odamsimon robotni yaratgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Televizor stol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing