Toshkentda avtomobillar yonishiga “yoritgichlar aybdor” ekanligi rostmi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan avtomobillarning suratlari tarqalmoqda. Foydalanuvchilarning fikrlariga ko‘ra, bunga kunduz vaqtida yoritgichlarni yoqib yurish sabab bo‘lgan. 

Ko‘plarni qiynab kelayotgan mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bilan bog‘lanib, quyidagilarni ma’lum qildi.

O‘tgan 2018 yilda yengil mashinalarni yonib ketishi bilan bog‘liq 64 ta holat qayd etilgan edi. 2019 yilning boshidan esa Toshkentda avtomobillarning 11 marta yonganliklari qayd etildi. Bulardan ikki holatda yonish – yoqilg‘i tizimi ishdan chiqqanligi sababli yuz bergan. Qolgan holatlarda esa yong‘in quyidagi rusumli avtomobillarda elektr o‘tkazish tizimi buzilganligi bois sodir bo‘lgan: GAZ-3102, GAZ-2401, Daewoo Matiz, VAZ-2109, Hyundai Sonata, Ford Sierra, GAZ-2420, Chevrolet Epica, Chevrolet Captiva, Chevrolet Damas (yong‘inga YTH sabab bo‘lgan), Chevrolet Cobalt – avtomobilning motor qismida sodir bo‘lgan bort kompyuter iva akkumulyatorni ulab turuvchi elektr o‘tkazish tizimadagi qisqa uzilish sabab bo‘lgan. Avtomobil yoritgichlariga zarar yetmagan.

Kecha, 17 may kuni soat 16:00 va 17:00 orlag‘ida Farxod ko‘chasida qurilayotgan restoran qarshisida sodir bo‘lgan Volvo rusumli avtomobilning yonishida, haydovchiga yordam bergan quruvchilarning va boshqa guvohlarning hamda shaxsan haydovchining gaplariga ko‘ra motor qismidagi muammolar sabab bo‘lgan. Shoshilinch xizmatlar bo‘lmish 101 yoki 102 raqamlariga u va guvohlar qo‘ng‘iroq qilishmagan. Agar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratga e’tibor bilan qaralsa, yoritgichlarga zarar yetmaganini ko‘rish mumkin.

FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining ma’lum qilishlaricha, yong‘inga sabab bo‘lgan elektr o‘tkazgichlarning texnik qoniqarsiz holatlari ko‘pincha eski yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarda uchraydi. Shunday eka nagar sizning avtomobilingiz “katta yoshda” bo‘lsa, texnik ko‘rik davomida elektr o‘tkazgichlarga alohida e’tibor berish zarur.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in yoritgich avtomobil'

Baholaganlar

131

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing