Toshkentda kuchli shamol tufayli daraxt avtomobilnining ustiga qulab tushdi (video)

Jamiyat

image

Bir qancha ijtimoiy tarmoqlarda daraxt “Matiz” avtomobilining ustiga qulab tushgani aks etgan video va suratlar tarqaldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 22 may kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi So‘galli ota ko‘chasida (Algoritm mavzesi yaqinida) kuchli shamol natijasida katta daraxt qulab tushgan. Daraxt uning yonida to‘xtab turgan “Matiz” avtomobilining ustiga qulagan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea paytida avtomobilning ichida odam bo‘lmagan va hech kim mazkur hodisa natijasida jarohat olmagan, yoki jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent shahrining markazida joylashgan Amir Temur xiyoboniga tutash Istiqbol ko‘chasida, yo‘l chetidagi daraxtlardan biri qulab tushgan va u bir necha avtomobilga zarar keltirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tabiiy ofat

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing