UZCARD va HUMO bankomatlarini birlashtirish ishlari to‘liq yakunlandi

Texnologiya

image

UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari bankomatlarining integratsiyasi to‘liq yakunlandi. 

Endi O‘zbekiston hududidagi barcha bankomatlar orqali mazkur kartalardan tranzaksiyalarni amalga oshirish va naqd pul yechib olish mumkin. Bu haqda UZCARD matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, barcha tijorat banklarining bankomatlari ikkala to‘lov tizimining ham kartalarini qabul qilishlari uchun birlashtirilgan.

O‘zbekiston hududidagi barcha bankomatlar mazkur imkoniyatni qo‘llab-quvvatlaydi.

May oyida UZCARD va HUMO’ning integratsiya ishlari yakunlanib, barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash 1 iyundan boshlanishi ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida O‘zbekistonda UZCARD va HUMO to‘lov tizimlarining bankomatlari integratsiya qilinishi mumkinligi aytilgan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

HUMO UZCARD bankomatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made