“Yunistrim” O‘zbekistonda faoliyatini davom ettiradi

Jamiyat

image

 “Yunistrim” to‘lov tizimi pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda davom etmoqda va O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari limitini oshiradi. Bu haqda Rossiya banki matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, to‘lov tizimi “UzCard” hamda  “HUMO” kartalariga komissiyasiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiryapti.

Shuningdek, iyul oyidan boshlab “UzCard” va “HUMO”  kartalariga pul o‘tkazmalari miqdori oshirilgan. Tranzaksiya summasi qariyb 16,5 mln so‘mni tashkil etadi. Har bir karta uchun umumiy oylik limit esa 165 mln so‘mga yetgan.

Ma’lumot o‘rnida, “Yunistrim” Rossiyaning xalqaro pul o‘tkazmalari markazi va banki hisoblanadi. Mazkur to‘lov tizimi egasi “Yunistrim Bank” AQSHning sanksiyalariga uchragan edi. Jumladan, jazo choralari dollar aktivlarini muzlatish va AQSH valyutasidagi operatsiyalarni bloklashni nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank O‘zbekistonning bir qator banklari - Xalq banki, “Turonbank” va “Ipoteka bank” sanksiyalar ostidagi “Yunistrim” xalqaro to‘lov tizimi bilan ishlashni to‘xtatganini ma’lum qilgandi.

Sanksiyalardan avval esa “Kapitalbank” va ” Ipak Yo‘li bank”i ham ushbu to‘lov tizimidan voz kechgandi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

HUMO Yunistrim UzCard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made