Husanov “Siti”da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov o‘z klubida mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekistonlik himoyachimiz jamoadoshlari Rodri va Jeremi Doku bilan bo‘lgan raqobatda ustun kelib, ommaviy ovoz berish jarayonida mutlaq g‘alaba qozondi. Husanov mart oyi davomida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va o‘zining fidokorona, faol himoya uslubi bilan “Siti” muxlislarining haqiqiy yoqimtoyiga aylandi. Bu uning 2024 yil hisobidan yanvar oyidagi muvaffaqiyatidan keyingi shunday ikkinchi sovrinidir. “Manchester Siti”ning barcha xodimlari nomidan Qodirni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz”, deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov ushbu oyda “Manchester Citi” safida uchta musobaqa doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushdi. Hozirda “shaharliklar” APL jadvalida 61 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi.

Joriy yilning 22 mart kuni Londondagi “Uembli” stadionida “Arsenal” va “Manchester Siti” jamoalari Angliya Liga kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi. “Arsenal”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan “Manchester Siti” to‘qqizinchi bor Angliya Liga kubogi sohibi bo‘ldi. Abduqodir Husanov esa jamosi bilan ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Manchester Citi” safida fevral oyining eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Husanov Manchester Citi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing