Husanov Gabonga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi

Sport

image

“Manchester Citi” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2025 yilning noyabr oyida Eronga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olganligi sabab bugun Gabonga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Ma’lumki, Abduqodir Husanov 2025 yilning noyabr oyida Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan “Al Ain International Cup” musobaqasining final uchrashuvida qizil kartochka olgandi. FIFA reglamentiga muvofiq, Husanov bugun, 27 martga kungi Gabonga qarshi uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. 

Ma’lumot uchun, “Al Ain International Cup” xalqaro o‘rtoqlik turnirida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronni penaltilar seriyasida mag‘lub etib bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Gabonga qarshi uchrashuv esa “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi. Shundan so‘ng terma jamoa joriy yilning 30 mart sanasida Venesuelaga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Gabon Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing