Husanov muvaffaqiyatli “podkat” bo‘yicha APLda yetakchilik qilmoqda

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Manchester Citi” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasida muvaffaqiyatli “podkat” ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Bu haqda DataMB xabar berdi.  

Manbaga ko‘ra, Husanov har bir o‘yinda o‘rtacha 1,12 ta muvaffaqiyatli to‘p tortib olish harakatini amalga oshirmoqda. Undan keyingi o‘rinda “Brentford” himoyachisi Kristoffer Ajer joy olgan. Kuchli uchlikni esa “Tottenxem” futbolchisi Kristian Romero yakunlab turibdi. Qolgan yuqori o‘rinlarda “Chelsi”, “Bornmut” va “Tottenxem” klublari himoyachilari qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov “Manchester Citi” safida so‘nggi ketma-ket besh uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. “Shaharliklar” Angliya Premer-ligasining 30-turidan so‘ng 61 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ular peshqadam “Arsenal”dan 11 ochko kam jamg‘argan va zaxirada bitta uchrashuv bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 mart kuni Husanov “Manchester Citi” bilan Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Ushbu kubok Husanovning klub faoliyatidagi ilk sovrin bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Abduqodir Husanov “Manchester Citi” “podkat”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing