1-sinfga onlayn qabul boshlandi
Jamiyat
−
20 iyun 3461 1 daqiqa
2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul bugun, 20 iyun kuni soat 09:00 dan boshlandi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
Elektron arizalarni vazirlikning my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.
Agar elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, call-markazning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari yoki Telegram'dagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olish mumkin.
Qayd etish joiz, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta’lim muassasalari va akademik litseylarga hujjatlarni qabul qilish boshlangani xabar qilingandi.
Live
Barchasi