121 kishi ishtirokida qimor tashkil qilgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida 121 nafar fuqaro ishtirokida noqonuniy xo‘roz o‘yini tashkil etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 24 yanvar kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Yangi Namangan tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida uyida 121 nafar fuqarolar ishtirokida tavakkalchilikka asoslangan xo‘roz o‘yinini tashkil etib kelayotgan shaxs aniqlangan. 

Tezkor tadbir davomida 12 dona xo‘roz va qimorning har bir ishtirokchisidan alohida yig‘ilgan 12 million so‘mdan ortiq pul ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan. 

Mazkur holat yuzasidan qimorxona tashkil etgan shaxs protsessual tartibda qo‘lga olinib, unga nisbatan Yangi Namangan tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Shahrixon tumanida bir guruh shaxslar jamlanib, qimor o‘ynayotgan paytda qo‘lga olingandi.

Sunnatova Farangiz


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Namangan Ichki ishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing