2025 yilda o‘qish uchun O‘zbekistonga eng ko‘p hindistonliklar keldi
Jamiyat
−
14:30 1357 1 daqiqa
2025 yilda jami 39,7 ming nafar chet el fuqarolari o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 58,2 foizga oshgan.
2025 yilda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Hindiston – 17 241 nafar;
- Turkmaniston – 9 349 nafar;
- Tojikiston – 2 904 nafar;
- Pokiston – 1 779 nafar;
- Xitoy – 1 428 nafar;
- Janubiy Koreya – 917 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi – 912 nafar;
- Misr – 893 nafar;
- Filippin – 745 nafar;
- AQSH – 482 nafar;
- Boshqa davlatlar – 3 011 nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 27,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi