228 mln bola xavf ostida: jahonda semirish muammosi kuchaymoqda
Olam
−
04 mart 1950 2 daqiqa
Jahonda bolalar orasida ortiqcha vazn va semirish muammosi tez sur’atlarda kuchaymoqda. “World Obesity Atlas 2026” hisobotiga ko‘ra, 2040 yilga borib semirishdan aziyat chekayotgan bolalar soni 228 millionga yetadi. Bu tarixda birinchi marta ortiqcha vaznli bolalar soni kamvaznli bolalar sonidan oshib ketishini anglatadi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Hisobotda aytilishicha, 2025 yilda dunyoda 5-19 yosh orasidagi 177 million bola semirish muammosiga duch kelgan. 2040 yilga kelib bu ko‘rsatkich 11,9 foizgacha o‘sishi kutilmoqda. Mutaxassislar bu tendensiyani jiddiy xavotirli holat deb baholagan, chunki ortiqcha vazn sog‘liqni saqlash tizimlari va jamiyatga katta bosim keltirishi mumkin.
Semirish sur’ati 180 dan ortiq davlatda oshib bormoqda. Ayniqsa, past va o‘rta daromadli mamlakatlarda bu holat tezroq kuzatilmoqda. Eskpertlar fikricha, bu o‘zgarish global ovqatlanish va turmush tarzidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Tadqiqot mualliflari bolalar semirishining asosiy sabablari sifatida ona salomatligi, erta ovqatlanish tartibi, jismoniy faollikning kamligi, maktab ovqatlanish sifati va bolalik davrida yetarlicha emizishning yo‘qligini ko‘rsatadi. Shuningdek, ortiqcha vazn ko‘plab surunkali kasalliklar — yurak-qon tomir xastaliklari, diabet va hatto ayrim turdagi saraton xavfini oshiradi.
Agar vaziyat o‘zgarmasa, 2040 yilga kelib kamida 120 million maktab yoshidagi bolada ortiqcha vazn bilan bog‘liq surunkali kasalliklar alomatlari paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli xalqaro tashkilotlar davlatlarni bolalar ovqatlanishi, sog‘lom turmush tarzi va profilaktika choralarini kuchaytirishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Pensilvaniya universiteti olimlari smartfondan erta foydalanishni boshlash o‘smirlarda ruhiy va jismoniy muammolar xavfi ortishiga sabab bo‘lishi haqida aytgan edi.
Live
Barchasi