36 yoshli erkak leytenant qaynog‘asi tomonidan otib tashlandi
Olam
−
04 aprel 14238 1 daqiqa
Joriy yilning mart oyi oxirida Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida 36 yoshli erkak leytenant qaynog‘asi tomonidan otib tashlandi. Bu haqda KTK xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumondor Xromtog‘da ishlovchi uchastka inspektori yordamchisi ekanini tasdiqlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u xizmat qurolidan foydalanib, 36 yoshli kuyoviga qarata bir necha bor o‘q uzgan. Hodisadan so‘ng katta leytenant qo‘lga olingan.
E’tiborli tomoni shundaki, jabrlanuvchining o‘zi turmush o‘rtog‘ining akasiga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini bildirgan va shikoyat qilmasligini aytgan.
Qurolli mojaroning aniq sababi hozircha ochiqlanmagan. Jarohatlari sababli erkak hozircha yura olmaydi. Reanimatsiyadan chiqqan jabrlanuvchi o‘zini yaxshi his qilayotganini, muolajalarni davom ettirayotganini aytgan. Qaynog‘asi undan kechirim so‘ragan va u uni kechirgan.
Shifoxona rahbarining ma’lum qilishicha, otishma oqibatida erkak bir nechta og‘ir jarohatlar olgan. Uning tos suyaklari, bilak va ikkala o‘pkasi o‘qdan zararlangan. Hozircha uning ahvoli o‘rtacha holatda ekani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning O‘zgan shahrida sinfdoshlarining 20 yillik “yubiley”iga borgan ayol eri tomonidan o‘qotar qurol bilan otib o‘ldirildi.
Live
Barchasi