Trampning “arzanda”lari Qozog‘istondagi yirik loyihaga pul tikdi
Olam
−
01 may 7211 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning o‘g‘illari – Erik Tramp va kichik Donald Tramp Qozog‘istondagi volfram qazib olish loyihasi bilan bog‘liq kompaniyada ulushga ega bo‘ldi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Financial Times” nashri xabar berdi.
Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, aka-uka Tramp 2025 yil avgust oyida Skyline Buildersqurilish guruhidan ulush sotib olgan. Keyinchalik bir qator bitimlar orqali Skyline Kaz Resources kompaniyasining 20 foiziga ega bo‘lgan. Mazkur kompaniya Cove Capital investitsiya guruhi bilan bog‘liq.
Shundan so‘ng Kaz Resources hamda Qozog‘istondagi loyihalarni nazorat qiluvchi Cove Kaz Capital Cove Kaz Capital Skyline bilan birlashtirilgan.
Yangi tuzilma Kaz Resources brendi ostida Nasdaq birjasida aksiyalarni ommaviy joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Nashrning yozishicha, o‘tgan yili US Export-Import Bank va US International Development Finance Corporation Qozog‘istonda volfram qazib olish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 milliard dollargacha mablag‘ ajratishni ma’qullagan. Ushbu loyihalarning 70 foiz nazorat paketi Cove Kaz Capital tarkibiga tegishli.
Trampning kichik o‘g‘lini aytishicha, u ushbu loyihada passiv investor hisoblanadi – operatsion faoliyatda ishtirok etmaydi va sarmoya kiritgan kompaniyalar manfaatlari uchun AQSH federal organlari bilan aloqaga chiqmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning noyabr oyida “Markaziy Osiyo – AQSH” (S5+1) sammiti bo‘lib o‘tgan bo‘lib, unda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilari ishtirok etgan.
Qosim-Jomart To‘qayev matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 7 noyabr kuni AQSH tomoni bilan muzokaralar yakunida To‘qayev va Tramp umumiy qiymati 17 milliard dollardan ortiq bo‘lgan tijorat bitimlarini imzolagan. Ular orasida volfram qazib olish haqida ham hujjatlar bor edi.
Live
Barchasi