O‘qituvchilar majburiy tadbirlardan ozod qilinadi. Qozog‘istonda!

Olam

image

Qozog‘istonda Majilis deputati Asxat Aymag‘ambetov o‘qituvchilarning turli siyosiy tadbirlarda ishtirok etishi masalasiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qituvchilarni bunday faoliyatlarga majburiy jalb qilish noqonuniy hisoblanadi, ayniqsa ular darsdan olib chiqilsa. Bu haqda u bugun, 29 aprel kuni Majilis kuluarlarida jurnalistlar bilan suhbatda gapirdi.

“Hozirda o‘qituvchi yig‘ilish yoki boshqa tadbirlarda ishtirok etishni o‘zi hal qiladi. Agar uni majburiy ravishda biror yig‘ilishga yuborishsa, darsdan olib chiqishsa va natijada mashg‘ulotlar o‘tkazilmasa, bu uchun jarima belgilangan. Aniq javobgarlik mavjud. Uni darsdan olib chiqib, keraksiz yig‘ilishga yuborgan kimligidan qat’i nazar – agar u yuridik shaxs bo‘lsa, jarima shu tashkilotga qo‘llanadi, agar u jismoniy shaxs bo‘lsa, javobgarlik o‘sha inson zimmasiga tushadi”, degan Aymag‘ambetov.

Deputatning aytishicha, aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun o‘qituvchilar faol bo‘lishi va tegishli organlarga murojaat qilishi kerak.

“Bu yerda masala o‘qituvchilarning o‘z faolligiga bog‘liq. Kimnidir javobgarlikka tortish uchun kamida bitta shikoyat bo‘lishi shart. Agar fuqaro o‘zi shikoyat qilmasa, vazirlik, departamentlar, politsiya yoki prokuratura qanday qilib aybdorlarni javobgarlikka tortadi? Shuning uchun, agar o‘qituvchilar huquqlari buzilsa, qonunchilik organi ularga aniq himoya vositasini bergan”, deb ta’kidlagan u.

Ma’lumot uchun, bugun, 29 aprel kuni Majilis deputatlari pedagog maqomi va ta’limga oid qonunlarga kiritilayotgan o‘zgartishlarni birinchi o‘qishda qabul qilgan. Hujjat o‘qituvchilar huquqlarini yanada kuchaytirishni nazarda tutgan bo‘lib, jumladan, pedagoglarni nodavlat tashkilotlar tadbirlariga jalb qilmaslik me’yorini kengaytirishni o‘z ichiga olgan. Endi bu qoida nafaqat maktablarga, balki bolalar bog‘chalari, kollejlar va boshqa davlat ta’lim muassasalariga ham tatbiq etiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Ta’lim vazirligi mamlakat o‘qituvchilariga ChatGPT edu tizimidan foydalanish uchun litsenziyalar ajratayotgani haqida xabar berilgan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston O'qituvchilar majburiy tadbirlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing