AQSH bilan aloqalar G‘arbga yoqmayapti – Putin
Olam
−
27 fevral 10350 2 daqiqa
G‘arb elitalari hali ham dunyoda beqarorlikni saqlab qolishga harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 27 fevral kuni Federal xavfsizlik xizmati hay’ati yig‘ilishida so‘z ochdi.
Rossiya rahbarining aytishicha, Amerikaning yangi ma’muriyati va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar umid uyg‘otmoqda.
“Dunyodagi vaziyatni barchamiz ko‘rib turibmiz. Shuni ta’kidlashni istardimki, Amerikaning yangi ma’muriyati bilan dastlabki aloqalar ma’lum umidlarni uyg‘otmoqda”, degan Rossiya rahbari.
Uning aytishicha, ikki o‘rtada davlatlararo munosabatlarni tiklash, jahon arxitekturasida to‘planib qolgan ulkan tizimli, strategik muammolarni bosqichma-bosqich hal etish borasidagi ishlar bo‘yicha aloqalar mavjud.
“Aynan shu muammolar o‘z vaqtida Ukraina va boshqa mintaqaviy inqirozlarni keltirib chiqargan”, deydi Vladimir Putin.
Shuningdek, Putin Rossiya-Amerika o‘rtasidagi aloqalar hammaga ham yoqmasligi, G‘arb mamlakatlari beqarorlikni saqlab qolishni istayotganini ham qo‘shimcha qilgan.
“Biz tushunamizki, Rossiya-Amerika aloqalarining tiklanishi hammani ham qoniqtirmaydi. Ba’zi G‘arb elitalari hali ham dunyoda beqarorlikni saqlab qolishga qaror qilishmoqda. Bu kuchlar esa boshlangan muloqotni buzish yoki murosa qilishga urinadi, buni biz ko‘rib turibmiz. Biz buni hisobga olib, diplomatiya va maxsus xizmatlarning barcha imkoniyatlaridan foydalanib, bunday urinishlarning oldini olishimiz kerak”, dedi Rossiya Prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 27 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va AQSH vakillari o‘rtasida yopiq formatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.
Live
Barchasi