AQSH delegatsiyasi xitoylik mulozimlar bergan narsalarni axlatga uloqtirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning Pekinga davlat tashrifi vaqtida unga hamrohlik qilgan AQSH delegatsiyasi a’zolari XXRdan uchib ketish oldidan mahalliy mulozimlar tomonidan berilgan barcha narsalarni axlatga uloqtirdi. Bu haqda tashrif buyurganlar tarkibida bo‘lgan “The New York Post” muxbiri Emili Gudin ma’lum qildi.

“Xitoydan berilgan hech qaysi narsani samolyot bortiga olishga ruxsat berilmadi”, deb yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, AQSH vakillari “Air Force One” (Prezident samolyoti) bortiga chiqishdan oldin trap yonidagi axlat qutisiga tashrif davomida o‘zlariga berilgan barcha narsalarni – akkreditatsiya kartochkalari, bir martalik telefonlar va delegatsiya nishonlarini (znachoklarini) tashlab yuborgan.

“The New York Post” nashrining yozishicha, kiberxavfsizlik nuqtai nazaridan Donald Tramp va delegatsiyaning boshqa a’zolariga shaxsiy mobil telefonlaridan foydalanish taqiqlangan. Amerika ma’muriyati xodimlari tashrif davomida faqat bir martalik telefonlar va vaqtinchalik elektron pochta manzillaridan foydalangan. Ularning shaxsiy qurilmalari esa Prezident samolyoti bortida GPS, Wi-Fi, Bluetooth va boshqa signallarni bloklovchi maxsus sumkalarda saqlangan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti 13 may kuni XXRga borgan edi. Bu uning 2017 yildan beri ushbu mamlakatga amalga oshirgan ilk tashrifi bo‘ldi. Muzokaralar davomida Donald Tramp va Xitoy Raisi Si Szinpin Yaqin Sharqdagi nizo hamda Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatni ham muhokama qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp delegatsiya Pekin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing