AQSH Eron bilan urush tufayli o‘z zaxiralarini tugatdi – CNN

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Eron bilan urush tufayli o‘z arsenallarini sezilarli darajada kamaytirib yuborgan. Bu haqda ekspertlar va AQSH Mudofaa vazirligining zaxiralari bo‘yicha hisob-kitoblardan xabardor shaxslarga tayanib, CNN xabar berdi.

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH harbiylari muhim raketalar zaxirasini jiddiy ravishda sarflab bo‘lgan:

  • Precision Strike Missile raketalari zaxirasining kamida 45 foizi;
  • Ballistik raketalarni tutib olish uchun mo‘ljallangan THAAD raketalari arsenalining kamida yarmi;
  • Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi tutib oluvchi raketalari zaxirasining qariyb 50 foizi.

Ekspertlarning baholashicha, bu holat agar yaqin bir necha yil ichida yangi nizo kelib chiqsa, qisqa muddatli istiqbolda o‘q-dorilar yetishmovchiligi xavfini yuzaga keltiradi. Alohida ta’kidlanishicha, avvalroq Pentagon raketalar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga yordam beradigan bir qator shartnomalarni imzolagan. Biroq ishlab chiqarish quvvatlari oshirilgan taqdirda ham, ushbu tizimlarni qayta to‘ldirish uchun yetkazib berish muddati uch yildan besh yilgacha vaqtni oladi.

“O‘q-dorilarning yuqori darajada sarflanishi Tinch okeanining g‘arbiy qismida himoyasizlik oynasini (zaiflik davrini) yuzaga keltirdi”, deb bayonot bergan nashrga AQSH Dengiz piyodalari korpusining iste’fodagi polkovnigi Mark Kansian.

Shunga qaramay, Pentagonning asosiy vakili Shon Parnell nashr muxbirlariga harbiylar Prezident tomonidan tanlangan vaqt va joyda vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha narsaga ega ekanini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirish haqida buyruq bergandi. Uning aytishicha, Pokiston rahbariyati vositachilik qilib, AQSHdan Eronga zarbalarni vaqtincha to‘xtatishni so‘ragan. Shu sabab Tramp AQSH Qurolli kuchlariga Hormuz bo‘g‘ozidagi blokadani davom ettirish, jangovar tayyorgarlikni saqlab turish va muzokaralar yakuniga qadar sulhni uzaytirishni buyurgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron zaxira arsenal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing