AQSH Polshaga 4 ming askar yuborish rejasidan voz kechdi

Olam

image

Kecha, 14 may kuni AQSH Mudofaa vazirligi Polshaga vaqtincha 4 ming nafar askar joylashtirish rejasini bekor qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Pentagon vakili bu qaror yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan. Shuningdek, qaror hali AQSH Kongressiga rasman taqdim etilmagan va ochiq e’lon qilinmaganini aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qaror AQSHning Yevropadagi harbiy strategiyasini qayta ko‘rib chiqish jarayoni doirasida qabul qilingan. Pentagon Yevropadagi qo‘shinlar joylashuvini qayta baholamoqda.

Avvalroq, AQSH Germaniyadan 5 ming askarni olib chiqish rejasini ham ko‘rib chiqqan edi. Bu holat Vashingtonning Yevropadagi harbiy mavjudligini qisqartirish yoki qayta taqsimlash ehtimolini kuchaytirmoqda. Hozirda Germaniyada taxminan 35 ming AQSH askari joylashgan.

AQSH ma’muriyati NATO ittifoqchilaridan mudofaa xarajatlarini oshirishni talab qilmoqda va Yevropadagi xavfsizlik yukining katta qismini ittifoqchilar o‘z zimmasiga olishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Pentagon Yevropadagi qo‘shinlar soni bo‘yicha yakuniy qarorni hali e’lon qilmagan.

Zarnigor Xudoyberdiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Pol'sha qo'shin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing