AQSHda 150 dan ortiq odam issiqlik sabab shifoxonaga yotqizildi

Olam

image

Shimoliy Amerikaning sharqiy hududlarida yozning birinchi yirik issiqlik to‘lqini boshlanib, 150 ga yaqin odam issiqlik bilan bog‘liq kasalliklar sababli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Nyu-Jersi shtatining Paterson shahrida ochiq havoda o‘tkazilgan maktab bitiruv marosimida 150 dan ortiq kishi issiqlikdan aziyat chekkan. Shaharning meri Andrey Sayeg favqulodda holat e’lon qilib, barcha ommaviy tadbirlarni bekor qilgan hamda sovutish markazlarini ochgan.

Shimoliy Karolinada esa kamida 41 kishi, jumladan bolalar ham issiqlikdan kasallangan holda tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, issiqlik haddan tashqari yuqori bo‘lib, ayniqsa kechasi havo sovimasligi holatni yanada og‘irlashtirmoqda. Ko‘plab shaharlarda harorat kechasi ham 27 darajadan pastga tushmayapti.

Nyu-Yorkda kecha, 25 iyun kuni harorat 38 darajaga chiqqan – bu 1966 yildan beri shahar tarixidagi eng yuqori iyun harorati bo‘lgan.

Sharqiy sohil bo‘ylab esa energetika kompaniyalari aholiga elektr energiyasini tejashni so‘ramoqda, chunki millionlab odamlar konditsionerlarni maksimal darajada ishlatmoqda.

Issiqlik to‘lqini yozning boshida kelgan bo‘lishiga qaramay, ko‘plab rekordlarni yangilashi mumkin. Mutaxassislar esa bunday ob-havoning davomiyligi va kuchi sog‘liq uchun jiddiy xavf solayotganini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yoz oylarida Yaponiya poytaxti Tokio shahri aholisiga suv uchun olinadigan asosiy kommunal to‘lovlar bekor qilinishi haqida xabar berilgandi. Ushbu chora ekstremal issiqlikning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York issiqlik Shimoliy Amerika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing