AQSHdagi maktabda o‘quvchi otishma uyushtirdi (video)
Olam
−
09:48 2179 1 daqiqa
Kecha, 9 fevral kuni AQSHning Merilend shtatida joylashgan Rokvill shahridagi Tomas Vutton nomidagi o‘rta maktabda otishma sodir bo‘ldi va oqibatda bir nafar o‘quvchi shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda Rokvill shahri politsiyasi xabar berdi.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:15 da sodir bo‘lgan. Montgomeri okrugi politsiyasi va Rokvill shahar politsiyasi maktab hududiga otishma haqida kelib tushgan xabar asosida yuborilgan. Voqea joyida bitta o‘q jarohati olgan o‘quvchi aniqlanib, mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Uning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Huquq-tartibot organlari qayd etishicha, gumonlanuvchi ham ushbu maktab o‘quvchisi bo‘lib, u hodisadan ko‘p o‘tmay maktab binosi yaqinida qo‘lga olingan.
Politsiya hozirda jamoat xavfsizligiga qo‘shimcha tahdid yo‘qligini bildirgan. O‘quvchilar barcha zarur tartib-taomillar yakunlanguniga qadar maktab binosida qolgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ufa shahridagi gimnaziyada 9-sinf o‘quvchi o‘qituvchi va sinfdoshlariga qarata o‘q uzgandi. Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirovning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Live
Barchasi