AQSHda samolyot avtomobil yo‘liga qo‘ndi (video)

Olam

image

AQSHning Jorjiya shtati Geynsvill shahrida bir dvigatelli samolyot avtomobil yo‘liga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi, hodisa oqibatida ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hawker Beechcraft BE-36 rusumli havo kemasining dvigateli Geynsvilldan havoga ko‘tarilish vaqtida ishdan chiqqan. Shundan so‘ng ekipaj samolyotni avtomobil yo‘lining gavjum chorrahasiga qo‘ndirishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, samolyot uchta avtomobilga tegib ketgan va yo‘ltanlamas avtomobilning orqa qismidagi yoqilg‘i bakini urib chiqarib yuborgan.

Mahalliy politsiya bo‘limi kapitani Kevin Holbrukning aytishicha, samolyot hech bir ustun yoki elektr uzatish liniyasiga tegmasdan, atigi uch marta transport vositalari bilan to‘qnashgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohat olgan ikki kishi shifoxonaga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliyaning janubiy qirg‘og‘ida joylashgan plyaj yaqinida yengil samolyot okeanga qulab tushgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh samolyot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing