AQSH harbiy-havo kuchlari Turkmanistonga qo‘ndi. Amerikaning maqsadi nima?

Olam

image

AQSH Harbiy-havo kuchlarining C-17A Globemaster III  va MC-130 Super Hercules harbiy-transport samolyotlari Turkmanistonning noma’lum hududiga qo‘ndi. Bu haqdagi ma’lumotlar kecha, 9 fevral kuni “FlightRadar24” portalida paydo bo‘ldi. 

AQSH kuchlarining qayerda joylashgani hozircha noma’lum, ammo ko‘pchilik bu kuchlar Ashxobod shahri yaqinida yig‘ilganini iddao qilmoqda. 

Qayd etilishicha, MC-130 Super Hercules samolyoti alohida e’tiborni tortmoqda. Ushbu samolyot quyidagi vazifalar uchun qo‘llaniladi:

  • maxsus bo‘linmalarni ko‘chirish;
  • yashirin va tungi operatsiyalarni amalga oshirish;
  • vertolyotlarni havoda yoqilg‘i bilan ta’minlash va ularni moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
  • noodatiy sharoitlarda uchish va qo‘nishlarni bajarish.

Kanal mualliflarining yozishicha, Turkmaniston poytaxti Tehrondan quruqlik orqali taxminan 800 km, havo orqali esa qariyb 480 km masofada joylashgani mazkur qo‘nishga qo‘shimcha strategik ahamiyat bag‘ishlaydi. Joriy vaziyat fonida ushbu holat AQSHning Eron yaqinida harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha navbatdagi signal sifatida baholanmoqda. 

Qayd etish joiz, AQSH va Eron o‘rtasidagi munosabatlar ipi uzilib ketgan. Ikki mamlakat so‘nggi kunlarda kelishuv stoliga o‘tirib, hammasini hal qilishga harakat qildi, ammo bu uchrashuvlar hozircha aniq natija ko‘rsatgani yo‘q. 

AQSH qurollarining Turkmanistonda paydo bo‘lishi esa Amerika Eronni har tomondan o‘rab olayotganini yaqqol ko‘rsatadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH fuqarolarini Eron Islom Respublikasini zudlik bilan tark etishga chaqirgandi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Eronda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, yo‘llar yopilgan, jamoat transporti faoliyati izdan chiqqan va internet tarmog‘i bloklangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkmaniston C-17A

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing