Andijonda 4 ta avtomobil to‘qnashdi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yil 16 noyabr kuni Shahrixon tumani “Taraqqiyot” MFY hududidagi chorrahada 1994 yilda tug‘ilgan S.S. o‘zining Cobalt rusumli mashinasini boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlay olmasdan chapga qayrilib olmoqchi bo‘lgan boshqa bir Cobalt’ga urilgan.

To‘qnashuv zarbidan ikkinchi Cobalt qarama-qarshi tomondan kelayotgan Nexia-3 bilan to‘qnashib ketgan. Nexia-3 haydovchisi esa rul boshqaruvini yo‘qotib, chorrahada to‘xtab turgan Damas’ga kelib urilgan.

Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q va avtomobillar texnik jihatdan shikastlanmagan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Samarqand shahrida Damas va Onix mashinalari o‘rtasida ayanchli avtohalokat sodir bo‘lishi oqibatda bir kishi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon avtomobil'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing