Tandirlarni buzdirgan hokim jazolandi

3-sahifa

image

Avvalroq, Andijon viloyatining Shahrixon tumani hokimi Hikmatillo Dadaxonov ekologik reyd davomida somsaxona tandirlarini buzdirib tashlagani haqida xabar berilgan edi. Hokimga nisbatan ushbu ishi uchun hayfsan intizomiy jazo chorasi berildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tuman hokimining ko‘rsatmasi bilan umumiy ovqatlanish ob’ektlaridagi tandirlarga zarar yetkazilgani bo‘yicha holat zudlik bilan o‘rganilgan. Mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonovga intizomiy jazo chorasi sifatida “hayfsan” berilgan. 

“Bunday holatlarni takrorlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi inspektori Ahrorjon Niyozovga tuman hokimi o‘rinbosari Saidali Xizirov kuch ishlatib, organ xodimlari yordamida tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib ketgandi. Keyinroq esa Xizirov ishdan bo‘shatilib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Shahrixon Hikmatillo Dadaxonov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing