Andijonda o‘ynab turgan ikki bolakayni mashina urib yubordi (video)
3-sahifa
−
08 aprel 9015 1 daqiqa
Joriy yilning 3 aprel kuni Andijon shahrida haydovchi ayol ko‘p qavatli uyning hovlisiga kiraverishda o‘ynab turgan ikki bolakayni urib yubordi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea shaharning “Hamdo‘stlik” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli Cobalt haydovchisi D.M. e’tiborsizlik sabab turarjoy dahasida o‘ynab turgan uch nafar bolani ko‘rmay qolgan. Oqibatda ularning ikkisini urib yuborgan. Videoyozuvda bolalarning biri mashina g‘ildiragi ostida qolgani aks etgan. Uchinchi bola esa mashina kelayotganini ko‘rib, qochishga ulgurgan.
Jabrlangan bolalarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan. Hozirda bolalarning sog‘lig‘i yaxshi ekani ma’lum qilingan.
Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda Onix haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan edi. Oqibatda piyoda vafot etgan.
Live
Barchasi