Andijonda 5 mlrd so‘mlik dorini noqonuniy ishlab chiqarganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida faoliyat yuritgan noqonuniy dori ishlab chiqarish sexi fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, ushbu manzilda 4 ta MCHJ tomonidan tegishli ruxsatnoma va sertifikatlarga ega bo‘lmagan holda, turli xil dori vositalari hamda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarilgan.
 
Tezkor tadbir jarayonida “Simbaby”, “Doclungc”, “Leron”, “Yodigan”, “Polivit” kabi qariyb 100 turdagi mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Taqidlanishicha, ularni tayyorlash jarayonida belgilangan texnologik talablar qo‘pol ravishda buzilib, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilmagan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tadbirda umumiy qiymati qariyb 5 milliard so‘m bo‘lgan noqonuniy tarzda tayyorlangan tibbiy mahsulotlar aniqlangan. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq narxni sun’iy oshirib, iste’molchilardan asossiz 21,1 mlrd so‘mdan ko‘p pul olgan dorixonachilarga chora ko‘rilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon dori vositalari Davlat xavfsizlik xizmati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing