Angrenda yuk mashinasi 4 ta avtomobil bilan to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Angren shahrida yuk mashinasi va yengil avtomobillar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi va oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 26 aprel kuni soat 23:10 larda A-373 avtomobil yo‘lining 93 chi kilometrida Howo rusumli yuk mashinasi haydovchisi R.N. harakat vaqtida boshqaruvini yo‘qotib, shu yo‘nalishdagi 4 ta transort vositalari bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. 

Hodisa oqibatida Cobalt avtomashinasida bo‘lgan haydovchi I.X. hamda yo‘lovchi Z.T. voqea joyida vafot etgan.

Qolgan transport vositalarida bo‘lgan 4 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida Lacetti va Matiz mashinalari to‘qnashib ketishi oqibatida Matiz haydovchisi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Angren yuk mashinasi yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing