Toshkentda 15 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
05 may 6128 1 daqiqa
Bugun, 5 may kuni Toshkent shahrida o‘nlab mashinalar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 16:25 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Equinox rusumli avtomobilning 73 yoshli haydovchisi sog‘lig‘i yomonlashib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda u svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir nechta avtomobillarga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida hech kim vafot etmagan. 15 ta transport vositasi texnik shikastlangan. Equinox haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Konimex tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan edi.
Live
Barchasi