Angrenda zo‘rlangan 15 yoshli qiz ishi yopiq sudda ko‘riladi
3-sahifa
−
20 noyabr 3892 1 daqiqa
Joriy yil yozda Toshkent viloyatining Angren shahrida voyaga yetmagan 15 yoshli qiz 4 yigit tomonidan zo‘rlangani jamiyatda katta rezonans uyg‘otib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni boshlanmoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.
“Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudida voyaga yetmagan jabrlanuvchi S.Ya. (2010 yilda tug‘ilgan)ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118, 119, 28,118 va 28,119-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan S.Q. (2006 yilda tug‘ilgan), Z.U. (2004 yilda tug‘ilgan), D.O‘. (2004 yilda tug‘ilgan) va A.U. (2003 yilda tug‘ilgan)ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqilishi boshlandi”, deydi Obidov.
Ma’lum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha ma’lumot esa sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 9 aprel kuni Angren shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova 24 iyul kuni Angrenga borib, jabrlangan qiz bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgangandi. Qizga nisbatan jinsiy tajovuz bo‘lganidan so‘ng u Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga ko‘chirilgan.
Live
Barchasi