BAA Prezidenti mamlakat “urush holatida” ekanini e’lon qildi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari Eron hujumlari fonida “urush holatida” turibdi, biroq bu vaziyatdan avvalgidan ko‘ra kuchliroq bo‘lib chiqadi. Bu haqda BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon televideniye orqali bayonot berdi.

U Amirliklar Qurolli kuchlariga “ushbu urush davridagi” roli uchun minnatdorlik bildirgan va kuch tuzilmalarini “mamlakatga sharafli xizmati” uchun olqishlagan. Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, shuningdek, BAAda istiqomat qiluvchi xorijlik rezidentlarning hissasini yuqori baholagan.

“Biz urush holatidamiz va men ularga o‘z burchimizni bajarishga va’da beraman. Bu vaziyat bizga majburan yuklandi va biz o‘zimizni, oilalarimizni hamda mamlakatimizni himoya qilish uchun harakat qilyapmiz”, deydi u.

BAA rahbari Tehron hujumlari oqibatida jarohatlangan besh kishini (ikki nafar BAA fuqarosi, shuningdek, Hindiston, Sudan va Eronning bir nafardan fuqarolari) borib ko‘rgan.

“BAA — jozibali, go‘zal va namunali mamlakat, biroq adashmang. BAAning “terisi qalin va go‘shti achchiq” — bizni yutib yubora olmaysiz”, deydi prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronning Muvaqqat rahbariyat kengashi agar Yaqin Sharq mamlakatlari hududidan hujumlar uyushtirilmasa, ularga qarshi yangi zarbalar bermaslik haqida qaror qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron BAA urush Tehron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing