Eron AQSHga 14 bandlik tinchlik rejasini yubordi
Olam
−
11:04 2571 2 daqiqa
Eron AQSHga mojaroni yakunlash bo‘yicha 14 banddan iborat tinchlik rejasini yubordi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.
OAV hujjatda urushni to‘xtatish uchun asosiy shartlar va kelishuv yo‘l xaritasi bayon qilingan.
Ma’lum qilinishicha, hujjat Pokiston tomoni orqali Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar doirasida yetkazilgan. Bu reja AQSH tomonidan ilgari surilgan 9 bandli taklifga javob hisoblanadi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eron asosiy masalalarni 30 kun ichida hal etishni talab qilmoqda. AQSH taklif qilgan ikki oylik sulh o‘rniga Tehron “urushni to‘liq yakunlash”ga urg‘u bermoqda.
Rejada quyidagi asosiy talablar keltirilgan:
- harbiy harakatlarni to‘xtatish;
- AQSH tomonidan hujum qilmaslik kafolatlari;
- AQSH qo‘shinlarini chegaraga yaqin hududlardan olib chiqish;
- dengiz blokadasini bekor qilish;
- Eron aktivlarini muzdan chiqarish;
- kompensatsiya to‘lash;
- sanksiyalarni bekor qilish;
- Livan kabi yo‘nalishlarda ham harbiy harakatlarni to‘xtatish.
Shuningdek, hujjatda Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyatni tartibga solish mexanizmi bo‘yicha takliflar ham mavjud.
Hujjat Eron davlat organlarida ichki kelishuvlardan o‘tgach yuborilgan.
Eron AQSHdan ushbu takliflarga rasmiy javob kutmoqda.
AQSH Prezidenti Donald Tramp esa Eron tomonidan taklif qilingan shartlar qabul qilinishi ehtimoldan yiroq ekanini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington rejani o‘rganadi, biroq uni maqbul deb hisoblamaydi.
“Axios” nashri muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan fonida AQSH Eronga qarshi “qisqa, ammo kuchli zarbalar” variantini ham ko‘rib chiqayotganini xabar qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron tomonidan berilgan zarbalar Yaqin Sharqdagi kamida 16 ta AQSH harbiy ob’ektiga jiddiy zarar yetkazgandi.
Live
Barchasi