Bangladeshda avtobus daryoga qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
26 mart 1346 1 daqiqa
Bangladesh markazida yo‘lovchi avtobusi Padma daryosiga qulashi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The Daily Star” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobus paromga chiqayotganda, daryoga qulab tushgan. Unda taxminan 40 kishi bo‘lgan. 11 yo‘lovchi qirg‘oqqa mustaqil ravishda chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Qutqaruvchilar avtobusni baxtsiz hodisadan olti soat o‘tgach, daryo o‘zanidan olib chiqishgan. Bangladesh yong‘in xizmati va fuqarolik mudofaasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus ichidan 23 kishining jasadi topilgan. Ulardan 11 nafari ayol, 7 nafari erkak va 5 nafari bolalar bo‘lganligi aniqlangan.
Tuman ma’muriyati baxtsiz hodisa sababini tekshirish uchun 5 kishidan iborat qo‘mita tuzgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kolumbiyada askarlarni olib ketayotgan harbiy samolyot halokatga uchrab, 66 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi