“Bir tomonlama qo‘rqitish tartibni buzdi”. Si Szinpin yirik davlatlarni o‘rnak bo‘lishga chaqirdi

Olam

image

Bir tomonlama qo‘rqitish xalqaro tartibni jiddiy ravishda izdan chiqardi. Barcha mamlakatlar xalqaro huquq va BMT nizomiga amal qilishi kerak. Bu haqda kecha, 4 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Irlandiya Bosh vaziri bilan uchrashuv chog‘ida so‘z ochdi.

Ayni damda Irlandiya Bosh vaziri Mixol Martin Xitoyga rasmiy tashrif bilan borgan.

“Bugungi dunyo o‘zgarishlar va beqarorlikka to‘la, bir tomonlama qo‘rqitish esa xalqaro tartibga jiddiy zarar yetkazdi. Barcha davlatlar boshqa mamlakatlar xalqlari tomonidan mustaqil tanlangan rivojlanish yo‘lini hurmat qilishi, xalqaro huquq hamda BMT nizomining maqsad va tamoyillariga rioya qilishi lozim. Yirik davlatlar bu borada o‘rnak bo‘lishi kerak”, deydi Si Szinpin.

Uning bildirishicha, Xitoy va Irlandiya ko‘p tomonlama yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi hamda xalqaro maydonda adolat va xolislik tarafdori. Davlatlar BMTning nufuzini birgalikda himoya qilishi zarur.

Xitoy yetakchisi, shuningdek, 2026 yilning ikkinchi yarmida Irlandiya Yevropa Ittifoqiga raislik qiluvchi mamlakat bo‘lishini eslatib, Irlandiya Xitoy-YeI munosabatlarining sog‘lom va barqaror rivojlanishida konstruktiv rol o‘ynashiga umid bildirgan.

Mixol Martin esa Irlandiya “yagona Xitoy” siyosatiga qat’iy amal qilishini va ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga sodiq ekanini ma’lum qilgan.

“Yevropa Ittifoqi va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning barqaror rivojlanishi juda muhim. Irlandiya YeI va XXR o‘rtasidagi aloqalarning sog‘lom rivojlanishini ilgari surishda konstruktiv rol o‘ynashga tayyor”, deydi Irlandiya Bosh vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Si Tszin'pin Mixol Martin xalqaro huquq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing