Britaniyada tojikistonlik fuqaro soqoli sabab deportatsiyadan qutuldi
Olam
−
26 iyun 18600 1 daqiqa
Buyuk Britaniyadan boshpana so‘ragan Tojikiston fuqarosi o‘z vatanida soqolini olishga majbur bo‘lishi sababli mamlakatdan deportatsiya qilinmaslik huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Britaniya Muhojirlar sudi ushbu erkakning da’vosini ko‘rib chiqib, u xalqaro miqyosdagi himoyaga haqli bo‘lishi mumkinligi haqida qaror chiqargan. Bu qaror Britaniya Ichki ishlar vazirligining uni deportatsiya qilishga urinishini to‘xtatgan.
Nashrning yozishicha, Tojikistonda soqol rasmiy tarzda taqiqlanmagan bo‘lsa-da, hukumat amaldorlari so‘nggi o‘n yillikda yuz minglab erkakni soqoli uchun hibsga olgan, majburan soqoli oldirilgan va barmoq izlari olingan.
Qayd etilishicha, avvaliga uning boshpana so‘rovi rad etilgan. Biroq erkak apellyatsiya bergan va ikkinchi bosqich sudda deportatsiya bo‘lishdan qutulib qolgan.
“Men vatanimga qaytsam, soqolimni o‘zim istab emas, balki boshqa choram qolmaganidan, qo‘rqib oldirishimga to‘g‘ri keladi. Bu esa ijtimoiy bosim emas, balki ta’qibdan qo‘rquv natijasi”, degan sudda Tojikiston fuqarosi.
Yuqori tribunal sudi sudyasi Parminder Saini ushbu fuqaro xalqaro himoyaga haqli ekanini ma’lum qilgan.
Sudya, shuningdek, Tojikistondagi qiynoqlar, ixtiyoriy bo‘lmagan hibslar, soqol uchun jazolash hollari haqida sudga taqdim etilgan dalillar yetarlicha hisobga olinmaganini ham tanqid qilgan.
Live
Barchasi