Qozog‘istondan 2600 dan ortiq migrant deportatsiya qilindi
Olam
−
05 dekabr 2456 1 daqiqa
2025 yilda Qozog‘istondan immigratsiya qonunchiligini buzgani uchun 2600 dan ortiq chet el fuqarosi deportatsiya qilindi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Eng ko‘p noqonuniy migrantlar Turkiston va Olmaota viloyatlarida aniqlangan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, migratsiya xizmati yil davomida uchta yirik reyd o‘tkazgan: “Migrant” operatsiyasi va “Nolegal” operatsiyasining ikki bosqichi. Qoidabuzarliklarning ko‘pchiligi mamlakatda bo‘lish muddatining oshib ketishi (24 ming 270 ta holat), ro‘yxatdan o‘tish va ishlash uchun ruxsatnomaning yo‘qligi (9279 ta), noqonuniy mehnat faoliyati (8593 ta) bilan bog‘liq bo‘lgan.
Eng ko‘p qoidabuzarliklar Olmaota (3824), Chimkent (3227), Turkiston (2386) va Mang‘istau (2350) viloyatlarida qayd etilgan. Tekshiruvlardan so‘ng 2682 kishi mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘tkazilgan operatsiya doirasida 2025 yilning iyun-oktyabr oylari davomida ushbu mamlakatda noqonuniy bo‘lgan 19 mingdan ortiq chet el fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborildi yoki deportatsiya qilindi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr