Dollar kursi yana pasaydi
Jamiyat
−
05 mart 9673 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,28 so‘mga pasaydi va 12 175,53 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 12,08 so‘mga ko‘tarildi va 14 151,62 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,65 so‘mga tushdi va 155,08 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 3,8 so‘mga oshdi va 1766,59 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 30 ming 600 so‘mga tushdi va 2 mln 95 ming 900 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 5 mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 24 mln 259 ming 213 so‘mga oshgan va 893 mln 705 ming 875 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi