AQSH Venesueladan 100 mln dollarlik oltin olib chiqdi 

Olam

image

AQSH Ichki ishlar vaziri Dag Burgumning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Venesueladan allaqachon 100 million dollarlik oltinni olib chiqib ketgan. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga ma’lum qildi.

Bungacha AQSH Venesuelaning “Minerven” oltin qazib oluvchi kompaniyasi bilan operatsiyalarni, jumladan, Venesuela oltinini AQSHga tashish, sotish, qayta ishlash va qayta sotish bilan bog‘liq tranzaksiyalarni amalga oshirishga ruxsat bergan.

“Juma kuni Venesueladan Qo‘shma Shtatlarga sanoat maqsadlarida hamda boshqa tijorat ehtiyojlari uchun 100 million dollarlik oltin kelib tushdi”, deydi Burgum.

“Axios” portalining xabar berishicha, “Minerven” kompaniyasi 650 kilogrammdan 1000 kilogrammgacha bo‘lgan oltin quymalarini “Trafigura” xomashyo treyderiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishgan, treyder esa o‘z navbatida uni Amerikaning qayta ishlash zavodlariga topshiradi.

Bundan oldin Burgum Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges bilan muzokaralar yakunida Amerika biznesi respublikaning qazib olish sektoriga keng ko‘lamli investitsiyalar kiritishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlar Venesuela prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges boshchiligidagi yangi hukumatini rasman tan olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela oltin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing