Dubaydagi AQSH konsulligi ham hujumga uchradi (video)

Olam

image

Dubay shahrida joylashgan AQSH konsulligi yaqinida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Dubay hokimiyati X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, AQSH konsulligi yaqinida dron bilan bog‘liq hodisa ortidan chiqqan yong‘in muvaffaqiyatli ravishda bartaraf etilgan. Hodisa joyiga zudlik bilan favqulodda xizmatlar yetib kelgan.

Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

Amerikalik diplomatik manbalar ham “Fox News” telekanaliga Eron droni konsullikka zarba bergani va yong‘in chiqqanini ma’lum qilgan.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, uchuvchisiz qurilma konsullik yonidagi avtoturargohga zarba bergan. Rubio konsullikdagi amerikalik xodimlar xavfsiz ekanini ta’kidlagan.

“Axios” nashrining yozishicha, Birlashgan Arab Amirliklari Eron zarbalariga harbiy javob berish masalasini o‘rganmoqda.

28 fevral kuni ertalab Isroil va AQSH tomonidan Eronga qarshi zarbalar boshlanganidan so‘ng, Tehron javob tariqasida Amerika bazalariga hujum qilish maqsadida raketa va dronlarni ishga tushirgan.

Zarbalar oqibatida BAAdagi turli ob’ektlar, jumladan Dubay va Abu-Dabi aeroportlari ham nishonga olingani, halok bo‘lganlar borligi xabar qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi Ar-Riyod shahridagi AQSH diplomatik vakolatxonasiga ikki dona uchuvchisiz apparat bilan hujum qilingani, shundan so‘ng kichik yong‘in yuz bergani haqida xabar bergandi.

Keyinchalik, AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi AQSH elchixonasiga uchuvchisiz apparatlar orqali amalga oshirilgan hujumga javob qaytarilishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay AQSh konsulligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing