“Manchester Yunayted” afsonasi Dubayda dronlar hujumidan himoyalanganini aytdi

Sport

image

O‘tgan yili oilasi bilan Dubayga ko‘chib o‘tgan Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Eronning dron hujumlari sabab uylarining yerto‘lasida yashirinishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Ferdinand o‘zining mualliflik podkastida so‘z ochdi.

Sobiq futbolchi podkastida boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi.

“Rostini aytsam, vaziyat biroz qo‘rqinchli edi, lekin shu bilan birga, g‘alati bo‘lsa ham, men o‘zimni to‘liq xavfsiz va himoyalangan his qildim. Mening studiyam mening bunkerimga aylandi. Barcha shovqin boshlangan birinchi kechada bizga yerto‘laga tushishni maslahat berishdi va u yerda uxladik. Biz bu makondan oqilona foydalanishga harakat qildik”, deydi Rio Ferdinand.

Ferdinandning ta’kidlashicha, eng qiyin qismi bolalarga vaziyatni tushuntirish bo‘lgan:

“To‘g‘risi tashqaridagi ovozini eshitish qo‘rqinchli bo‘ladi. Siz bolalarga nima bo‘layotganini tushuntirishingiz va ularga bu lahzani boshdan kechirishda yordam berishingiz kerak. Shuningdek, o‘zingiz xotirjam bo‘lishga va atrofingizdagilarni xotirjam tutishga harakat qilishingiz zarur”, deya qo‘shimcha qildi Ferdinand.

Ferdinandning rafiqasi Keyt Ferdinand ham Instagram sahifasida izoh qoldirib, oiladan xavotir olganlarga minnatdorlik bildirdi va oilasi hozirda xavfsiz ekanini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun, Rio Ferdinand 2002 yildan 2014 yilgacha “Manchester Yunayted” safida o‘ynagan. U klub bilan olti marta Angliya Premer-ligasida, to‘rt marta Superkubokda g‘olib chiqqan, shuningdek, bir martadan UEFA  Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Dubay “Manchester Yunayted” Rio Ferdinand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing