Elektrni hisobga olish jurnallarini saqlash majburiy bo‘ldi

Jamiyat

image

Endi elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish bosqichlarida aniq hisob, xavfsizlik va ma’lumotlarni uzoq muddat saqlash qat’iy talab etiladi. Bu haqda 2025 yil 27 noyabr kuni O‘zbekiston hukumati qabul qilingan “Elektr energiyasini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda so‘z boradi.

Nizomga ko‘ra, elektr energiyasini hisobga olish tizimi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:

  • aktiv va reaktiv energiya miqdorini hisobga oluvchi hisoblagich, unga qo‘shimcha o‘rnatilgan impulsni qayd etish moslamasi, vaqt manbai va batareya;
  • aniqlik sinfi va yuklamasi hisoblash aniqligiga mos bo‘lgan o‘lchov transformatorlari;
  • ikkilamchi zanjirlar, ulash simlari, sinov bloki yoki o‘chirib-yoqish qurilmasi, yuklama rezistorlari, hisoblagich shkafi, xavfsizlik muhrlari va qulflar.

Elektr energetikasi ob’ektlarini loyihalashtirish bosqichida hisobga olish tizimining umumiy nisbiy xatoligi baholanishi va uni minimal darajaga tushirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi shart etib belgilandi.

Shuningdek, har bir hisobga olish nuqtasi bo‘yicha avtomatik tarzda ma’lumotlar jurnalini yuritish majburiy hisoblanadi. Ushbu jurnallar kamida 5 yil muddatda saqlanishi va axborot xavfsizligi talablariga mos tarzda arxivlanishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi xalqaro tender g‘olibi deb topilgan va 30 yil muddatga Samarqand viloyati elektr energiyasi taqsimlash tarmoqlarini boshqarish huquqini olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Elektr jurnal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing