Senat chiqindidan qarzi borlar “svet”ga to‘lov qilolmasligi bo‘yicha mavjud muammolarni ko‘rsatdi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi north_east

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sohasida to‘lov intizomini, qonun ijrosini ta’minlash mexanizmlari hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga aniq manzilli savollar yo‘llandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, 2025 yil 7 martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq maishiy chiqindilar xizmati uchun majburiy to‘lov bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda, iste’molchi mazkur qarzdorlik haqida SMS orqali ogohlantirilganidan so‘ng 5 kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmasa, elektr energiyasi bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilishi nazarda tutilgan.

Biroq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “HET” ilovasida aholi tomonidan maishiy chiqindi xizmati bo‘yicha qarzdorlik haqidagi ma’lumotlar aks etmayotgani, “Toza makon” elektron billing tizimi bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimi o‘rtasida to‘liq integratsiya ta’minlanmagani, shuningdek, ayrim iste’molchilarda chiqindi xizmati bo‘yicha shartnoma mavjud emasligi hamda abonent hisob raqamlarida noaniqliklar jamoatchilikda tashvish tug‘dirmoqda.

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Senat qo‘mitasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga hamda Energetika vazirligiga ma’lumotlar almashinuvi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan aniq ma’lumot va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar taqdim etish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda chiqindidan qarzdor iste’molchilarning elektr energiyasi uchun to‘lov qilish imkoniyatini cheklash 2025 yil 1 avgustdan boshlanishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Elektr Senat chiqindi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing